Mustaqil O‘zbekistonning 10ta eng asosiy yutuqlari

Obuna bo‘lish
Mustaqillikka erishilgan davr mobaynida mamlakat iqtisodiyotida ko‘plab noyob sohalar paydo bo‘ldi, ularning aksariyati deyarli "nol"dan yaratilgan edi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston turli sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi.

Ayni paytda, butun dunyoda bo‘y ko‘rsatayotgan inqirozga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda salmoqli ko‘rsatikichlarni namoyish etmoqda. Bu yutuqlarning barchasi — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlab olib borgan siyosati natijasidir.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni ta’minlash mumkin emas, degan fikrning qat’iy tarafdori edi. Aynan shuning uchun ham Yurtboshimiz tomonidan mashhur besh tamoyil asosida butun dunyoda taraqqiyotning "o‘zbek modeli" deb e’tirof etilgan O‘zbekiston iqtisodiyotini tubdan isloh etish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqildi. Bu modelning tub negizini "Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun" degan strategik yo‘nalishni amalga oshirish tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0