Islom hamkorlik tashkiloti

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtida Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi o‘z nihoyasiga yetdi

Ikki kun davom etgan sessiya doirasida tashqi ishlar vazirlari darajasidagi uchrashuvlar o‘tkazildi, O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritiladigan 1,4 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalar bo‘yicha 21 kelishuv imzolandi va bir nechta muhim bayonotlar berildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, sessiyada IHTning yigirma olti a’zo davlatlari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada shuningdek, IHT bosh kotibi, Islom taraqqiyot banki prezidenti, AQSh, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Shveysariyaning maxsus elchilari, qator xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

IHT 1969-yil sentabrda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta’minlash uchun tashkil etilgan. 2011-yilga qadar u Islom konferensiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat a’zo. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996-yilda a’zo bo‘lgan. Rossiya 2005-yildan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0