10:13 20 Oktyabr 2017
Efir
Infografika

Alisher Navoiy tavalludiga 576 yil toʻldi

Havola olish
532148
Alisher Navoiy
© Sputnik/

Mustaqillik yillarida Alisher Navoiy asarlari yanada kengroq oʻrganildi. Xususan, ularda din bilan bogʻliq boʻlgan, oldin qisqartirib berilgan, boʻlaklari toʻliq chop etila boshlandi.

Buyuk oʻzbek shoiri, ulugʻ olim va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (Navoiy) oʻz davri adabiyotning yorqin quyoshi boʻlgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Xurosonda bosh vazir boʻlgan Navoiy oʻz davrida madaniyat va ilm fan rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshdi.

Alisher Navoiy turkiy tilda ijod qila boshlagan birinchi shoir boʻlgani uchun ham uning oʻzbek adabiyoti paydo boʻlishi va rivojlanishiga qoʻshgan hissasi beqiyosdir. Shuningdek, Navoiy  turkiy til grammatikasi, turkiy tilda sheʼr yozish qoidalariga bagʻishlangan asarlari oʻtgan asrlardan bugungi kunga qadar boshqa shoir va adabiyotchilarga ilmiy qoʻllanma boʻlib xizmat qilmoqda.

Alisher Navoiy hayoti davomida oʻzbek tili bilan bir qatorda forsiy tilda ham ijod qilib, oʻzidan boy meʼros qoldirdi. Shoirning forsiy tildagi sheʼrlari «Devoni Foniy» tplamiga jamlangan. Ushbu asar Tehronda, Toshkentda va Dushanbyeda nashr etilgan.

Alisher Navoiy ijodiyotiga qiziqish, uni oʻrganish Yevropa va Rossiyada ham hiyla katta tarixga ega. Frantsuz sharqshunosi Katrmer, rossiyalik I.N. Berezin, M. Nikitskiy va yana bir necha olimlar Navoiyning faoliyati va merosini oʻrganib chiqishgan.

Oʻzbekistonda ham 20 asr davomida Alisher Navoiyning turli asarlari qayta-qayta nashrdan chiqdi. Buyuk oʻzbek olim va adiblardan Oybek, O. Sharafiddinov, S. Ayniy, V. Zohidov, Izzat Sulton, A. Qayumov, P. Shamsiyev, H. Sulaymonov, N. Mamayev, S. Gʻaniyeva, A. Hayitmetov, A. Abdugʻafurov, A. Rustamovlar Alisher Navoiy ijodi jiddiy oʻrganilib, uning asosida ilmiy ishlar yaratildi.

Shuningdek Navoiyning “Farxod va Shirin”, “Layli va majnun”, “Iskandar” kabi asarlari oʻzbek  teatri sahnalaridan mustahkam oʻrin egalladi.

Mustaqillik yillarida esa Alisher Navoiy asarlarini yanada kengroq oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi. Xususan, uning bir qator asarlarida din bilan bogʻliq boʻlgan, oldin qisqartirib berilgan, boʻlaklari toʻliq chop etila boshlandi.

Undan tashqari buyuk shoir va mutaffakir nomini ulugʻlash maqsadida Toshkentda Alisher Navoiy nomli Milliy bogʻ barpo etilib uning oʻrtasida shoir haykali oʻrnatildi. Undan tashqari Oʻzbekistonda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti taʼsis etildi, bir necha  oliy oʻquv yurtlariga, Davlat kutubxonasi, Katta akademik opera va balet teatriga Alisher Navoiy nomi berildi. Shuningdek, Navoiy nomi Oʻzbekistonning markaziy viloyatlaridan biriga ham berilgan.

Navoiy haqida batafsil yuqoridagi infografikamizda tanishing.

Yana infografika

  • Granat - yabloko iz raya
    Oxirgi yangilanish: 14:37 13.10.2017
    14:37 13.10.2017

    Anor - mevalar qiroli

    Anor barcha mevalarning qiroli hisoblanadi. Anor nafaqat mazali, balki vitaminlarga boy, uzoq yillar mobaynida tabobatda ham qoʻllanilib kelinadigan mevalardan biridir

    889
  • Sochida yoshlar festivali
    Oxirgi yangilanish: 19:22 08.10.2017
    19:22 08.10.2017

    Sochida Yoshlar talabalar festivaliga 20 ming kishi keladi!

    Rossiyada 14-22 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Yoshlar talabalar festivali dunyoning 180 mamlakatidan 20 ming yoshlarni kutib oladi.

    185
  • Vladimir YTH
    Oxirgi yangilanish: 13:36 06.10.2017
    13:36 06.10.2017

    Vladimir fojiasi maʼlumotlari

    2017 yilning 6 oktyabr tong soat 03:39da Rossiyaning Vladimir viloyati, Petushki tumani Pokrov temiryoʻl bekatida tezyurar poyezd pereyezdda buzilib qolgan avtobusga katta tezlikda kelib urildi.

    861
  • Xalqaro reytinglar
    Oxirgi yangilanish: 16:34 03.10.2017
    16:34 03.10.2017

    Oʻzbekiston xalqaro reytinglarda

    Baxt indeksi boʻyicha Oʻzbekiston 155 mamlakat orasida 47 oʻrinni egalladi.

    789

Asosiy mavzular