O‘zbekiston va Xitoyning siyosiy, savdo va madaniy munosabatlari

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13 may kunlari Xitoyda davlat tashrifi uyushtirmoqda. Undan keyin prezidenti 14-15 may kunilari Pekinda bo‘lib o‘tadigan "Bitta belbog‘ - bitta yo‘l" halqaro forumida ishtirok etadi.

O‘zbekiston va Xitoy iqtisodiy va madaniy aloqalarni 1992-yildan boshlagan. Bugungi kunda ikki mamalkatning tovar ayrboshlash hajmi 4 mlrd dollardan oshgan. O‘zbekistonda 700 dan ortiq Xitoy sarmoyalari ishtirokida tashkil qilingan korxonalar faoliyat yuritmoqda. Kelajakda ikki mamlakat o‘zaro savdo hajmini 20 mlrd $ ga yetkizmoqchi.

O‘zbekiston va Xitoyning madaniy munosabatlari ham izchil rivojlanmoqda. Xususan, Xitoyda O‘zbekistonni o‘rganish instituti hamda Alisher Navoiy va Bobur haykallari o‘rnatilgan. O‘zbekistonda ham doimiy ravishda Xitoy madaniyati kunlari o‘tkazib turiladi. Undan tashqari Samarqand va Toshkentda Konfutsiy institutlari ochilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0