04:42 24 Sentyabr 2017
Efir
Infografika

Bankomatlar qayerda paydo boʻldi?

Havola olish
102630
Bankomat
© Sputnik/

Bir necha kun oldin Toshkentning Oloy, Yunusobod va Qoʻyliq bozorlarida bankomatlar paydo boʻldi.

Iqtisodni liberallashtirish yoʻlidan borayotgan Oʻzbekiston plastik karta hisob raqamidagi pul va naqd pul orasidaga tafovutni yoʻq qilish tomoniga ilk qadamlarni  qoʻymoqda. Fuqarolar istalgan vaqtda plastik karta hisob raqamidagi pul mablagʻlarini naqd pulga aylantirishi mumkin boʻlishi uchun Toshkentning odam gavjum joylarida bankomatlar paydo boʻlmoqda. 

Poytaxtda birinchi boʻlib bankomatlarni Xalq banki oʻrnata boshladi. Bankomatlar Oloy, Yunusobod va Qoʻyliq bozorlarida paydo boʻldi. Shundan soʻzng Milliy bank ham yaqin orada 55ta bankomat oʻrnatishini eʼlon qildi. Undan soʻng esa "Agrobank" 80ta bankomat oʻrnatishni vaʼda berdi.

Bankomatlar oʻrnatilgan manzillar va ulardan foydalanish xavfsizligi haqida infografikamizda tomosha qiling.

Yana infografika

Asosiy mavzular