Vladimir fojiasi ma’lumotlari

Obuna bo‘lish
2017 yilning 6-oktabr tong soat 03:39da Rossiyaning Vladimir viloyati, Petushki tumani Pokrov temiryo‘l bekatida tezurar poyezd pereyezdda buzilib qolgan avtobusga katta tezlikda kelib urildi.

2017 yil 6-oktabr tungi soat 03:39da pereyezddan o‘tayotgan avtobusning ayni temir yo‘l ustida dvigateli ishlamay qoladi. Haydovchi bir guruh yo‘lovchilar bilan avtobusni surib yo‘l chetiga chiqarishmoqchi bo‘ladi, lekin buning iloji bo‘lmaydi. Shu vaqt pereyezdga "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" tezurar poyezdi katta tezlikda yaqinlashib kela boshlaydi. Tashqarida bo‘lgan migrantlar buni ko‘rib chetga qochadi. Poyezd katta tezlikda kelib urilib, avtobusni ikki qismga bo‘lib yuboradi. Avtobusning orqa qismi joyida qoladi, oldini esa poyezd 200 metr nariga sudrab ketadi. To‘qnashuv natijasida poyezd kabinasida ham yong‘in chiqadi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, YTHda 16 kishi qurbon bo‘lgan, ulardan 1 nafari yosh bola, 1 nafari Qozog‘iston fuqarosi. Yana 5 kishi og‘ir ahvolda Vladimir viloyati kasalxonalariga olib kelingan, ular orasida ikki nafar yosh bolalar har bor.

Ushbu voqeaning barcha tafsilotlari bilan infografikamizda tanishing.

Yangiliklar lentasi
0