O‘zbek xalqi - bolajon xalq

Obuna bo‘lish
BMT tomonidan 20-noyabr Umumjahon bolalar kuni deb e’lon qilindi. Ushbu mavzuda tayyorlangan infografikamizni tomosha qiling.

O‘zbek xalqi — bolajon xalq deb bejizga aytishmaydi. O‘zbekistonda azaldan oila va bola qadri juda baland. Ushbu maqol ikkinchi jahon urushi yillarida ham o‘zining amaliy tasdig‘ini topgan edi. O‘zbek xalqi 300 mingdan ortiq qarovsiz qolgan bolalarni o‘zining issiq bag‘riga olib katta qilgan edi.

Oxirgi yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan bolalar sog‘ligi, chaqaloqlar o‘limini oldini olishga juda katta e’tibor berilmoqda. Xususan respublikada oxirgi 10-yil davomida chaqaloqlar va bolalar o‘limlari soni o‘rtacha 30% ga kamaytirildi.

2016 yil esa O‘zbekistonda "Sog‘lom ona va bola yili" deb e’lon qilindi va yil davomida ushbu sohada ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. 

Yangiliklar lentasi
0