O‘zbek pasportining kuchi

Obuna bo‘lish
Odatda, "Pasport kuchi" deganda biror pasport egasi necha mamlakatga vizasiz borishi mumkinligi tushiniladi.

Passportindex saytining 2018-yil boshida e’lon qilingan pasportlar reytingiga ko‘ra dunyo mamlakatlari pasportlari orasida O‘zbekiston pasporti 73 ball olib Tojikiston, Hindiston va Gaiti kabi mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan. O‘zbekiston fuqarolari 55 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin. 

Ushbu reyting har yili yangilanib turadi. Bu yil reyting boshida Germaniya, Singapur, Gollandiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar o‘rin olgan. Ushbu mamlakat fuqarolari dunyoning 160 mamlakatiga vizasiz borishlari mumkin.

Reytingning eng so‘nggi qatorini esa — Afg‘oniston egallagan. Afg‘onlar 25 mamlakatga vizasiz borish huquqiga ega. Reyting oxirida, shuningdek Iroq (28 mamlakat), Pokiston (29 mamlakat), Suriya (32 mamlakat) kabi mamlakatlar o‘rin olgan.

Qozog‘iston fuqarolari — 71 mamlakatga, Rossiya fuqarolari — 109 mamlakatga vizasiz borish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0