Rossiyada "zapret"ga tushganlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishMigrantlarni vaqtinchalik saqlash muassasi
Migrantlarni vaqtinchalik saqlash muassasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Federatsiya kengashi IIVga migratsion xizmatlar "barcha taqiq ro‘yxatlarini" qayta ko‘rib chiqishi borasida taklif bilan murojaat qiladi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Federatsiya kengashi IIVga u yoki bu qoidabuzarlik sababli Rossiyaga kirishi taqiqlangan MDH davlatlari fuqarolarining "qora ro‘yxati"ni qayta ko‘rib chiqishini so‘ramoqchi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"MDH mamlakatlari elchilari bu ro‘yxatga arzimagan qoidabuzarlik qilgan ko‘plab kishilar kiritilgani haqida muntazam ravishda o‘z xavotirlarini bildirishadi", — dedi Matviyenko Federatsiya kengashi yig‘ilishida IIV rahbari Vladimir Kolokolsevga murojaat qilib.

Matviyenko gap Rossiya bilan vizasiz tartib o‘rnatgan mamlakatlar fuqarolari haqida borayotganini bildirdi.

Uning taklifi bo‘yicha Federatsiya kengashi IIVga migratsion xizmatlar "barcha taqiq ro‘yxatlarini" qayta ko‘rib chiqishi hamda ro‘yxatdagi barcha shaxslarni "mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi" borasida xolisona baholashi borasida murojaat qiladi.

"Biz keyin IIVdan amalga oshirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berishini iltimos qilamiz", — dedi Matviyenko.

Yangiliklar lentasi
0