11:06 23 Avgust 2017
Efir
Janubiy Koreya, Seul

Janubiy Koreyaga ishga ketish uchun onlayn anketa toʻldirish davom etmoqda - Mehnat vazirligi

© Sputnik/ Aleksandr Kryajev
Migratsiya
Havola olish
241820

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirligi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyaga ketish uchun onlayn anketani toʻldirish 30 mart soat 17.00ga qadar uzaytirilganini maʼlum qildi

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Mana bir necha kundirki oʻzbekistonliklar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sayti ishlamayotgani haqida bong urishayotgan edi.

Bu haqda hatto bir nechta mahalliy internet nashrlarda ham yozildi.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Mehnat vazirligi matbuot-xizmati bilan bogʻlandi.

Vazirlik matbuot-xizmatining xabariga koʻra, sayt ishlayapti, faqat onlayn tarzda anketa toʻldirishni xohlovchilar soni haddan ziyod koʻp boʻlgani tufayli, sayt faoliyati biroz sekin kechayotgan boʻlishi mumkin.

"Saytimiz ishlayapti. Kecha anketa toʻldirganlar bugun ham toʻldirishga urinishsa, ularning urinishlari behuda ketishi mumkin. Sababi, murojaat qiluvchi haqidagi maʼlumotlar bizning bazamizga kiritilgan boʻladi. Murojaat qiluvchilarga login va parol berilgan boʻlsa, demakki ular saytimizdan roʻyxatdan oʻtgan hisoblanadi", — deb maʼlumot berdi matbuot-xizmati xodimi.

Sayt ministerstva truda RUz
Sputnik
Mehnat vazirligi sayti

Ayni vaqtda Mehnat vazirligi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida Janubiy Koreyaga ketish uchun onlayn anketani toʻldirish 30 mart soat 17.00ga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgan.

Sayt ministerstva truda RUz
Sputnik
Mehnat vazirligi sayti
Teglar:
onlayn anketa, Mehnat vazirligi, Janubiy Koreya

Asosiy mavzular