18:27 23 Oktyabr 2017
Efir
A taxi en Moscow

Migrant haydovchilarning guvohnoma almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

© Sputnik/ Ruslan Krivobok
Migratsiya
Havola olish
470 0 0

Migrantlarga 2018 yil 1 iyunga qadar oʻz mamlakatlari haydovchilik guvohnomalari bilan avtobus va taksi haydashlariga ruxsat berish taklif qilinmoqda

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiyada taksi yoki jamoat transporti sohasida ishlayotgan migrantlarga bir yil davomida milliy haydovchilik guvohnomalari bilan faoliyat yuritishga ruxsat berilishi mumkin.

Davlat dumasiga koʻrib chiqish uchun ana shunday qonun loyihasi kiritildi. Loyihaga muvofiq, migrantlarga 2018 yil 1 iyunga qadar oʻz mamlakatlari haydovchilik guvohnomalari bilan avtobus va taksi haydashlariga ruxsat berish taklif qilinmoqda.

Buning sababi aniq — hozirgi qisqa muddat ichida aksariyat haydovchilar oʻz guvohnomalarini qayta rasmiylashtirishga ulgura olmaydilar. Hujjatda koʻrsatilishicha, Rossiyada 9,5 mingga yaqin xorijlik haydovchilar bor. Koʻpchilik migrantlar haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun avtomobil inspektsiyasiga murojaat qilganlarida qator qiyinchiliklarga duch keldilar.

"Imtihon topshirish uchun asosiy toʻsiq va imtihon topshiruvchilardan ariza qabul qilishning rad etilishiga davlat avtomobil inspektsiyalarida zarur moddiy-texnika bazasi, jihozlangan maydonchalar (avtodrom) mavjud emasligi sabab boʻldi", — deyiladi tushuntirish xatida.

Shu sababli transport sohasida ishlaydigan koʻplab kompaniyalar imtihon topshirish va milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirishning imkoniyati yoʻqligi haqida ommaviy ravishda murojaat qila boshladi.

Eslatib oʻtamiz, 1 iyuldan boshlab Rossiyada xorijiy haydovchilik guvohnomasi bor haydovchilarni ishga qabul qilishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi. Avtomaktabga murojaat qilish, imtihon topshirish va Rossiya haydovchilik guvohnomasini olish uchun migrant haydovchilar ixtiyorida atigi uch oy muddat bor.

Moskva avtomaktablar ittifoqi raisi Aleksandr Achkasovning fikricha, migrant haydovchilar muddat uzayishiga umid qilib yangi guvohnoma olishga shoshilishmayapti, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

"Biz avtomaktablar va YHXBlarda uzun navbatlarni koʻrmayapmiz. Haydovchilar qonundagi oʻzgarishlar yana uzaytiriladi degan fikrda", — deydi Achkasov.

Rossiya haydovchilik guvohnomasini olish uchun xorij fuqarosi YHXBning imtihon boʻlimiga murojaat qilishi lozim. Xorijiy haydovchilik guvohnomasi sinov imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilganidan keyingina almashtirib beriladi.

Asosiy mavzular