11:04 23 Avgust 2017
Efir
Uchebnыe posobiya po russkomu yazыku dlya migrantov, arxivnoye foto

Oʻzbekistonda migrantlar uchun rus tilidan test markazlari ochilishi mumkin

© Sputnik/ Aleksandr Kryajev
Migratsiya
Havola olish
43711

Respublikada rus tili boʻyicha sinov markazlarining ochilishi Rossiyada ishlashni rejalashtirgan fuqarolarga imtihonlarga muammolarsiz tayyorlanish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishi haqida sertifikat olish imkoniyatini beradi

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Oʻzbekiston hududida migrantlarni rus tili boʻyicha imtihonlardan oʻtkazish markazlari tashkil etilishi mumkin. Oʻzbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiyaning Moskvadagi Pushkin nomidagi rus tili davlat institutiga qilgan tashrifi chogʻida shu haqda soʻz borgan.

Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti boshqa davlat fuqarolarini testdan oʻtkazish boʻyicha davlat tizimiga javob beruvchi Rossiya test konsortsiumi tarkibiga kiradi. Institut bilan birgalikda ishlashdan maqsad oʻzbekistonliklar uchun Rossiyada ishlashga ruxsat olish jarayonini imkon qadar yengillashtirishdir.

Oʻzbekiston vakillarining fikricha, respublikada bunday sinov hamda kadrlar bilan taʼminlash yoʻnalishida bir nechta markaz ochish imkoniyati mavjud. Respublikada rus tili boʻyicha sinov markazlarining ochilishi Rossiyada ishlashni rejalashtirgan fuqarolarga imtihonlarga muammolarsiz tayyorlanish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishi haqida sertifikat olish imkoniyatini beradi.

Tomonlar oʻzaro muzokaralardan soʻng Oʻzbekistonda test markazlari istiqbolli foydalanuvchilar, xususan markazda taʼlim olish va imthonlarga tayyorlanish istagida boʻlganlarning barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda kompleks yondashuv asosida tashkil etilishi lozim degan xulosaga keldilar.

Mehnat vaziri Aziz Abduhakimovning aytishicha, Rossiya hududida Oʻzbekistondan boʻlgan qariyb 1,6 mln. mehnat migranti boʻlib, respublika ularning xorijda ishlashida qonunga rioya etilishidan manfaatdor.

Asosiy mavzular