15:22 25 Iyun 2017
Efir
Migrantlar

Rossiyadagi migrantlarga aeroport va maktablarda ishlash taʼqiqlandi

© Sputnik/ Andrey Rudakov
Migratsiya
Havola olish
443 0 0

Endilikda Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlardan aeroportning oʻzidayoq qoʻl izlari olinadi, ularga kvartirani ijaraga berayotgan xonadon sohiblari esa tegishli joylarga maʼlumot beradi

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlardan Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlarga aeroportlarda, davlatga tegishli obʼyektlarning qurilish ishlarida, oliygohlarda, maktablarda va bolalar bogʻchalarida mehnat qilish taʼqiqlanishi mumkin.

Endilikda Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlardan aeroportning oʻzidayoq qoʻl izlari olinadi, ularga kvartirani ijaraga berayotgan xonadon sohiblari esa tegishli joylarga maʼlumot beradi, deb xabar qilmoqda "Podrobno.uz". Xabarda aytilishicha, Sankt-Peterburg shahri Qonunchilik kengashi deputati Andrey Anoxin ana shunday tashabbus bilan chiqmoqda.

Parlament aʼzosi "Rossiya federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy maqomi" va "Terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonunlarga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha toʻplamni ishlab chiqqan. Oʻzgartishlar Rossiyaga kelayotgan MDH mamlakatlari fuqarolari uchun mamlakatga kirib kelish, ishlash va yashash sharoitlarini murakkablashtirishga qaratilgan.

Taʼkidlanishicha, qonunchilik loyihasi Federal kengash, Tergov qoʻmitasi, Federal Xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yoʻnaltirilishi kutilmoqda.

Hujjatda MDH davlatlaridan kirib kelgan mehnat migrantlari ishlashi toʻliq taʼqiqlanishi kerak boʻlgan sohalar birma-bir sanab oʻtilgan. Ular orasida — oliygohlar, maktablar, bolalar bogʻchalari, transport xavfsizligi sohalari, mudofaa majmualari obʼyektlarining qurilishi va ulardan foydalanish hamda boshqa strategik obʼyektlar sanab oʻtilgan. Taʼqiq kiritilishi lozim boʻlgan sohalar Hukumat tomonidan belgilanishi taklif qilingan.

Agar ushbu qonun kuchga kiradigan boʻlsa, Hamdoʻstlik mamlakatlaridan Rossiyaga ishlashga kelgan migrantlar ish beruvchi tomonidan yuborilgan taklifnomani taqdim etishlari kerak boʻladi.

Anoxin, shuningdek, barcha migrantlardan chegarada qoʻl izlari olinishi kerak, degan taklifni ham kiritgan.

Rossiyadagi oʻzbek diasporasi vakillari deputat Anoxinning ushbu tashabbusi mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarga sovuqlik tushiradi, degan fikrni bildirishmoqda.

Asosiy mavzular