18:27 23 Oktyabr 2017
Efir
Migrantlar

Oʻzbekiston Rossiyaning yana 5ta shahrida konsulxonalar ochishni rejalashtirgan

© Sputnik/ Aleksey Filippov
Migratsiya
Havola olish
93840

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Javlon Vahobovning aytishicha, Tashqi ishlar mahkamasi, va eng avvalo Oʻzbekistonning Rossiyadagi konsulxonalari mamlakatdan chetga migratsiya oqimi bu qadar shiddat bilan oʻsishiga tayyor emasdi

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasida yangi konsulxonalar ochish masalasi koʻrib chiqilmoqda, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati

Jumladan, Oʻzbekiston konsulxonalari Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov Donda, Yekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozogʻistonning Olma-Ota shaharlarida ochilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Javlon Vahobovning aytishicha, Tashqi ishlar mahkamasi, va eng avvalo Oʻzbekistonning Rossiyadagi konsulxonalari mamlakatdan chetga migratsiya oqimi bu qadar shiddat bilan oʻsishiga tayyor emasdi.

"Rossiyada shu onda faqat Moskva va Novosibirsk shaharlarida konsullik boʻlimlari mavjud. Bu Rossiyadagi koʻp sonli oʻzbekistonliklarga yetarli xizmat koʻrsatish imkoniyatini bermayapti", — deb taʼkidlagan Vahobov.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular