18:26 23 Oktyabr 2017
Efir
Janubiy Koreya

Eshitdingizmi, Koreya oʻzbekistonliklar uchun viza berishni osonlashtiradi

© Sputnik/ Aleksandr Kryajev
Migratsiya
Havola olish
2307122

Soʻnggi xabarlarga koʻra, Janubiy Koreya oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun kvotalar sonini oshirishga qaror qilgan

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov va Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon 22 aprel kuni Koreya respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston fuqarolarini tanlab olish mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston Mehnat vazirligi matbuot-xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston vakillari uchun kvotalar sonini koʻpaytirish, ruxsatnomalar berilishi jarayonini soddalashtirish, tanlab olish jarayoni obʼyektiv, shaffof va adolatli kechishi masalalari muhokama qilingan.

Oʻzbekiston Mehnat vaziri Koreya tomonni yaqinda Janubiy Koreyaga ishga borish uchun talabgorlar orasida test jarayoni muvaffaqiyatsiz oʻtkazilgani va shu bois, tashqi migratsiya masalalari agentligi rahbari ishdan olingani haqida xabardor etgan.

Ishchilarni yollash boʻyicha regional kvotalarga asoslangan yangi mexanizmlarni joriy qilish lozimligi borasida takliflar bildirilgan. Shuningdek, aholi oʻrtasida Koreya respublikasida qonuniy mehnat faoliyatini olib borish borasida tushuntirish ishlari oʻkazilishi kerakligi aytib oʻtilgan.

Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni "sifat jihatdan yangi bosqichga" koʻtarishga kelishib olganlar.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular