Migratsiya siyosati yumshamoqda: Rossiyadagi nolegallar "deport" bosh og‘rig‘idan qutuladi

© RIA NovostiNolegal migrantlar
Nolegal migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda qonunga zid ravishda yashab yurgan nolegallarni deportatsiyadan "qutqaruvchi" qonun loyihasini tayyorlamoqda

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya IIV mamlakatda migratsiya siyosatini yumshatish imkonini beruvchi qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Bu loyiha Rossiyaga deportatsiyada iqtisod qilish imkonini beradi: yangi qoidalar loyihasiga muvofiq, unchalik katta bo‘lmagan qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, migrantlar deport bo‘lishdan saqlanishlari mumkin. Ular mustaqil ravishda chipta sotib olib, politsiya nazoratida mamlakatni o‘z xohishi bilan tark etishlari mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar endi Rossiyaga "speszakaz" bo‘yicha boradimi?
"Bu jarayon mohiyati shundan iboratki, kichik ma’muriy qoidabuzarlik qilgan chet el fuqarosi deport qilinmaydi, balki politsiya xodimi guvohligida chipta sotib olib, vataniga qaytadi. Agar qoidabuzar poyezdda ketadigan bo‘lsa, politsiyachilar uning vagonga o‘tirishini kuzatadilar. Chet el fuqarosi chegarani kesib o‘tganida, bu haqda ma’lumotlar IIV migratsiya organlariga kelib tushadi", — deb yozadi nashr.

Ta’kidlanishicha, ushbu choralarning deportdan afzal tomonlari juda ko‘p: misol uchun, migrantga endilikda (sharoiti deyarli qamoqxonaniki bilan bir xil bo‘lgan) chet elliklar vaqtincha saqlanadigan maxsus muassasada o‘tirishiga hojat qolmaydi. Axir bunday joylarda o‘tirganlar o‘zlarining deport qilinishini ba’zan haftalab kutishlariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, yangi qoidalar loyihasida, Rossiyaga kirishni taqiqlash muddatini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0