11:06 23 Avgust 2017
Efir
Migrantlar

Rossiyadagi podshipnik zavodi Oʻzbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi

© Sputnik/ Maksim Blinov
Migratsiya
Havola olish
131841

3-4 may kunlari podshipnik zavod rahbari Popov bilan suhbat boʻlib oʻtdi. Endi ish beruvchi tomondan suhbat boʻlib oʻtadi, suhbatdan oʻtgan fuqarolar zavodga ishga joʻnatiladi

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Rossiyadagi podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod Oʻzbekistondan ikki mingga yaqin ishchi va mutaxassislarni ishga yollashga qaror qildi.

Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Oʻzbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili xabar qildi.

Xabarga koʻra, 3-4 may kunlari Rossiyaning Vologod shahridagi podshipnik zavodi rahbari Viktor Popov 200 nafarga yaqin oʻzbekistonliklar bilan suhbat oʻtkazgan.

"3-4 may kunlari podshipnik zavod rahbari Popov bilan suhbat boʻlib oʻtdi.  Endi ish beruvchi tomondan suhbat boʻlib oʻtadi, suhbatdan oʻtgan fuqarolar zavodga ishga joʻnatiladi", — dedi agentlikka suhbatdosh.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil fevral oyi oxirida Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasida Tashqi ishlar mehnat migratsiyasi agentligi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilgan edi. Mana shu uchrashuv chogʻida agentlik Rossiyaning bir qancha regionlarida boʻlib, bir nechta mehnat shartnomalarini imzolashga muvaffaq boʻlishgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular