15:22 25 Iyun 2017
Efir
Kursы russkogo yazыka dlya migrantov v Novosibirske

Fargʻona shahrida Rossiyada ishlashni xohlovchilar uchun markaz ochiladi

© Sputnik/ Aleksandr Kryajev
Migratsiya
Havola olish
34501

Rossiyaning mehnat migrantlariga huquqiy yordam koʻrsatish Uyushmasi Rossiyada ehtiyoj boʻlgan qurilish sohasidagi 3 mingga yaqin mutaxassislarni tez orada ishga joylashtirish imkoniyatiga ega

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Fargʻona shahrida migrantlarga Rossiyada ishlash uchun patent olishda lozim boʻladigan hujjatlarni tayyorlash va mehnat migrantlariga axborot-huquqiy yordam koʻrsatish markazi ochiladi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, 11 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida Rossiyaning mehnat migrantlariga huquqiy yordam koʻrsatish Uyushmasi vitse-prezidenti YU.Slutskaya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari vazifasini bajaruvchi X.Asamov va Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim,  Sogʻliqni saqlash vazirliklari masʼul xodimlari ishtirok etdilar.

Mehnat vaziri A.Abduhakimov uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy safari davomida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida "Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish boʻyicha kelishuv" va "Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati oʻrtasida migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini taʼsis etish boʻyicha kelishuv" imzolanganligini qayd etdi.

Mehnat vaziri mazkur kelishuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikning asosiy tamoyillari aks ettirilganligi va hozirda kelishuvlar mexanizmlarini amalga oshirish boʻyicha keng koʻlamdagi ishlar olib borilayotganligini taʼkidladi.

Rossiyaning mehnat migrantlariga huquqiy yordam koʻrsatish Uyushmasi vitse-prezidenti YU.Slutskaya ishtirokchilarni Uyushma faoliyati bilan tanishtirdi va mehnat migrantlarini yollash borasidagi imkoniyatlarini bayon qildi.

Uning bildirishicha, Uyushma Rossiyada ehtiyoj boʻlgan qurilish sohasidagi  3 mingga yaqin mutaxassislar – gʻisht teruvchi, betonchi, payvandlash mutaxassislari, boʻyoqchi, chilangar, elektr mutaxassislari, shuningdek avtobus, tramvay/trolleybus, taksi va yuk mashinasi haydovchilarini tez orada ishga joylashtirish imkoniyatiga ega. Uyushmada mehnat migrantlarini huquqiy va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlovchi mutaxassislar hamda ular huquqlarini himoya qilish uchun yuqori malakali huquqshunoslar faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, YU.Slutskaya Fargʻona shahrida Uyushmaning Markazini ochish va mehnat migrantlariga patent olish uchun hujjatlarni tayyorlash (rus tili bilimi boʻyicha sertifikat olish, hujjatlarni notarial tasdiqlash, Davlat tibbiy sugʻurtasi polisini rasmiylashtirish, daktiloskopiya, INN, Rossiya hududiga kirishga taqiq bor-yoʻqligini tekshirish va boshqalar) toʻgʻrisidagi rejalari haqida ishtirokchilarga maʼlumot berdi.

Mehmonning tashrif dasturida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligida uchrashuv oʻtkazish, Toshkent shahri va Fargʻona viloyatidagi bir qator kasb-hunar kollejlariga safar qilish rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular