O‘zbekiston TIV Rossiyaga boradigan fuqarolarni yana bir bor ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi 2017-yil 12-iyulgacha bo‘lgan davrda Rossiyaga boradigan O‘zbekiston fuqarolarini migratsion hisobga (ro‘yxatga) olish tartibi o‘zgartirilgani haqida ogohlantirdi

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2017-yil 12-iyulgacha bo‘lgan davrda Rossiyaga boradigan O‘zbekiston fuqarolarini migratsion hisobga (ro‘yxatga) olish tartibi o‘zgartirilgani haqida yana bir bor ogohlantirdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozonda 2017-yilning 1-iyunidan 12-iyuligacha, shuningdek 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migratsion hisobga qo‘yish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Iyun-iyul oylarida Rossiyaga boradigan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Rossiya prezidentining "Rossiyada Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati va 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogini o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash xususiyatlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq ushbu tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda chet el fuqarolarini migratsion hisobga (ro‘yxatga) olish tartibi o‘zgartirildi.

"O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur o‘zgarishlarni albatta hisobga olishlari shart. Zero o‘z vaqtida migratsion hisobga qo‘ymaslik ma’muriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yilishiga olib kelishi mumkin", deyiladi vazirlik xabarida.

Yangiliklar lentasi
0