09:38 21 Noyabr 2017
Efir
Sotrudnik rossiyskoy politsii

Rossiyada migratsiyaga oid kodeks qabul qilinadi

Foto: V.N. Gorelыx, predostavleno press-slujboy GUMVD po Sverdlovskoy oblasti
Migratsiya
Havola olish
Yangi loyiha: Men - migrantman (39)
131930

Rossiyada migratsion qonunchilik shu yil yakuniga qadar toʻliq tahlil qilinadi va shundan soʻng migratsiya kodeksini tayyorlashga kirishiladi

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Rossiya IIV migratsion kodeks ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deb maʼlum qildi Rossiya ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy.

 

"Rossiya migratsiya qonunchiligi muntazam ravishda oʻzgarib boradi. Biz oldimizga shu yil yakuniga qadar migratsiya sohasidagi qonunchilikni toʻliq tahlil qilish vazifasini qoʻyganmiz. Shundan soʻng Rossiya migratsiyaga oid kodeksini tayyorlashga kirishamiz",- deb taʼkidladi Gorovoy Rossiya Federatsiyasi Qonunchilik Kengashi prezidium yigʻilishida

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda Rossiya asosiy milliy migratsiya qonunchiligini — Rossiya Konstitutsiyasi, 2 ta xalqaro bitim va shartnomalar, 5 ta federal qonunlari, 4 ta hukumat qarorlari va 1 ta vazirlik buyrugʻi tashkil etadi.

 

Mavzu:
Yangi loyiha: Men - migrantman (39)

Asosiy mavzular