21:31 26 Iyul 2017
Efir
Migrantы vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya

Migratsiya agentligi xorijda mehnat qilish uchun yuborish xarajati miqdorini maʼlum qildi

© Sputnik/ Aleksandr Pogotov
Migratsiya
Havola olish
160900

Agentlik shuningdek, Mehnat migrantlariga huquqiy yordam Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlashni istagan fuqarolar uchun quyidagi kasblar boʻyicha tanlov eʼlon qildi

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining maʼlum qilishicha, xorijga yuboriladigan har bir fuqaro til va qonunchilik asoslari, diniy aqidaparastlik va terrorizmga qarshi kurash fanlaridan oʻqitiladi va moslashtiriladi. Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Maʼlumot berilishicha, oʻqitish va koʻniktirish Markazi uchun toʻlov (Toshkent shahridagi yotoqxonasi bilan birga) 665 449 soʻm 60 tiyinni tashkil qiladi. Kiyim-kechak toʻlovi – 142 000 soʻm. Talabgorlar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy koʻrik toʻlovi – 140 300 soʻm. Oʻz-oʻzini taʼminlash asosida faoliyat yuritadigan agentlikning xarajatlari toʻlovi toʻrt minimal maosh miqdoridadir. Xorijga agentlik orqali faoliyat yuritish uchun yuborishning bundan boshqa xarajati yoʻq.

Agentlik shuningdek, Mehnat migrantlariga huquqiy yordam Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlashni istagan fuqarolar uchun quyidagi kasblar boʻyicha tanlov eʼlon qildi: dazmollovchi (gladilshik), 5-6 razryadli kiyim bichuvchi, brigadir (brigada boshligʻi), toʻqish-tikish uskunalari operator – mexanigi, 4-5 razryadli tikuvchi, kettellovchi (hoshiyalovchi), toʻqish uskunalari operatori.

Xabarda aytilishicha, ish haqi ishbay (brigadaning rejani bajarishiga qarab) boʻlib, 500 dollar va undan yuqori.

Nomzodlardan rus tilini qoniqarli darajada bilish, intizomlilik, ishlab chiqarish rejasini bajarish, ozodalik, zararli odatlarning yoʻqligi talab qilinadi.

Yuqoridagi yoʻnalishlarda xorijda mehnat faoliyatini yuritish istagida boʻlganlar Tashqi migratsiya agentligining +998 71 202 33 44, +998 71 202 33 55, +998 71 202 33 66, +998 71 202 33 88, +998 71 202 33 99 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 4-5 aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga turar joy, tibbiy sugʻurta bilan taʼminlangan va huquqlari kafolatlangan holda, tashkillashtirilgan tartibda ishga taklif qilish haqida kelishib olingan edi.

Asosiy mavzular