12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo

"Mehnat migratsiyasi": Oʻzbekistondan Rossiyaga qonuniy ketish qanchaga tushadi?

© Sputnik/ Denis Grishkin
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
1716 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish toʻgʻrisida" Bitim imzolangan edi. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ushbu bitim boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tavsif qildi

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugungi kunda Oʻzbekistondan chet elga ishlash uchun rasman chiqish tartibi qanday? Rossiya, Koreya yoxud boshqa chet davlatlarda ishlab kelishni rejalashtirgan mehnat migrantlari qayerga murojaat qilishlari lozim?

Rossiyada qonuniy ishlash imkoniga ega boʻlish uchun qancha mablagʻ talab etiladi? Mehnat migrantlarini qiziqtirgan shu va boshqa savollarga Tashqi Mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Xafizov Abduaziz Dilshodovich javob berdi.

Murojaat manzili

Abduaziz Dilshodovichning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda chet elga ishga ketishni rejalashtirgan samarqandliklar viloyat hokimiyati yonidagi 12-qavatli binoning 2-qavatida joylashgan Migratsiya markaziga murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolar oʻzlari bilan shaxsni tasdiqovchi hujjat olishlari shart.

Xafizovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligi Rossiya Federatsiyasi, Yevropa, Yaponiya hamda Koreya bilan shartnomalar tuzgan.

Rossiyaga ishga yuborish qay tarzda amalga oshiriladi?

Mehnat Migratsiyasi agentligi tegishli malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan nomzodlar tanlovini amalga oshiradi. Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Taʼlim va fan vazirligi kompleks imtihonlarni topshirish boʻyicha tavsiya etgan oʻquv-uslubiy materiallarga muvofiq oʻqitadi; ishga joylashtirishga nomzodlar tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkillashtiradi.

Xafizovning soʻzlariga koʻra, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ish beruvchilar bilan talab etilayotgan malaka va tajribaga ega boʻlgan nomzodlarni, shuningdek mehnat shartnomalari loyihalarini kelishadi; shuningdek, mehnatkash-migrantlarning tashkiliy jalb etish tartibida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga qadar yetib borishini tashkillashtiradi.

Ish haqi, tibbiy taʼminot, baxtsiz hodisa tufayli tovon pullari

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi ishga joylashtirishga nomzodlarda ruxsatnoma (patent) olishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar mavjud boʻlishi holatlarining oldini olish maqsadida ularning sogʻligʻi holati nazoratini amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishga joylashtirishga nomzodlarni ularning xalqaro yoki davlatlararo qidiruvda ekanligi, shuningdek chiqishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa sabablar; Oʻzbekiston Respublikasi hududida Rossiya Federatsiyasi hududida ham jinoyat deb tan olinadigan jinoyati uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligining mavjudligi boʻyicha tekshiradi.

Mehnatkash-migrantlarning Rossiya hududidagi tibbiy taʼminoti Rossiya qonun hujjatlari va Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mehnatkash-migrantlarning daromadini soliqqa tortish Rossiya qonun hujjatlariga va Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan soliqqa tortish sohasidagi xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Mehnatkash-migrantlar Rossiya qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlarga ega. Mehnatkash-migrantlar Rossiya qonun hujjatlari va Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq ijtimoiy sugʻurta (majburiy tibbiy sugʻurtadan tashqari) va pensiya taʼminoti huquqiga ega.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligiga chalinish natijasida mehnatkash-migrant vafot etgan yoki sogʻligʻiga shikast yetgan taqdirda tegishli tovon puli Rossiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki ish beruvchining aybi bilan kasb kasalligiga chalinish natijasida mehnatkash-migrant vafot etgan yoki sogʻligʻiga shikast yetgan taqdirda, ish beruvchi mehnatkash-migrantni Oʻzbekistonga qaytarish yoki jasadni tashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi. Mehnatkash-migrant vafot etgan taqdirda ish beruvchi oʻlim fakti boʻyicha materiallarni taqdim etgan holda bu haqda joʻnatuvchi tashkilotni darhol xabardor qiladi.

Rossiyada qonuniy mehnat qilish qanchaga tushadi?

Ish topish, chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish xizmatlari haqi eng kam ish haqining 4 baravari, yaʼni qariyb 600 ming soʻm miqdorida belgilangan.

Boʻlgʻusi mehnat migranti, shuningdek, chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan koʻniktirish va oʻqitish markazi kurslari uchun ham haq toʻlashi mumkin. Bu Rossiya, Polshaga borishni istaganlar uchun 600 ming, Janubiy Koreyaga boradiganlarga 900 ming soʻm atrofida.

Mazkur kurslarda mehnat migrantiga borayotgan davlat qonunlari, anʼanalari tushuntiriladi, muloqot qilish va ish uchun yetarli darajada til oʻrgatiladi, xavfsizlik texnikasi qoidalari va mehnat muhofazasi talablari haqida batafsil axborot beriladi. Yil boshidan beri ushbu markazda qariyb 500 kishi tahsil oldi.

Ayni paytda kompleks tibbiy koʻrikdan oʻtish kerak boʻladi. Bunga 127 ming 500 soʻm ketadi. Agentlik doirasida sarflanadigan xarajatlar — shular. Ammo xodim, misol uchun, Rossiyada ishlaydigan boʻlsa, patent uchun ham toʻlov qilishi kerak boʻladi. Bundan tashqari, chipta, ish joyiga yetib olish uchun yoʻl haqi, viza tartibi amal qiladigan davlat uchun esa viza toʻlovlarini amalga oshirishi lozim.

Albatta, hammada ham yuqorida qayd etilgan toʻlovlar uchun yetarli darajada mablagʻ boʻlmasligi mumkin. Shu sababli ham agentlik moliya muassasalari va ayrim ish beruvchilarning eʼtiborini mazkur muammoni hal qilishga qaratmoqda.

Oʻzbekiston hamda Rossiyaning qator banklari ishga ketayotganlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, oʻqitish, yoʻlkira hamda dastlabki yashash joyi uchun qisqa muddatli kreditlar ajratish istagini bildirishgan. Bunda kredit toʻlovi ish joyida oylik maoshidan ushlab qolish orqali qoplanadi. Bir qator ish beruvchilar nafaqat yoʻl haqini, ayni paytda patent uchun ketadigan mablagʻlarni ham koʻtarishga tayyor. Bu mablagʻlar keyinchalik xodimning oylik maoshidan ushlab qolinadi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular