12:10 18 Dekabr 2017
Efir
Uzbekskaya valyuta - sum

Mehnat migrantlarining Oʻzbekistonda pensiya olishi qanday amalga oshiriladi?

Sputnik
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
871 0 0

Tashqi mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Xafizov Abduaziz Dilshodovichning soʻzlariga koʻra, Rossiyada ishlagan oʻzbekistonlik mehnatkash migrantlar vatanga qaytganlarida pensiya olishlari mumkin

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Mehnat migratsiyasi qoida tariqasida bir necha yil davom etadi. Xodim chet eldan qaytganidan soʻng uch kun ichida vakolatli organ tomonidan uning pasportidagi chegarani kesib oʻtganligini tasdiqlovchi shtamp asosida qaysi mamlakatda va qancha muddat ishlagani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi. U Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali toʻlash va mehnat daftarchasiga qayd kiritish uchun asos boʻlib xizmat qiladi, deb qayd etdi Abduaziz Xafizov.

Chet elda boʻlish muddatlari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar va konsulliklar tomonidan ham tasdiqlanishi mumkin.

Xodim kelajakda qancha pensiya olish istagidan kelib chiqqan holda Pensiya jamgʻarmasiga kiritadigan sugʻurta badali miqdorini oʻzi belgilaydi. Bunda oylik toʻlov miqdori eng kam ish haqining bir baravaridan kam boʻlmasligi kerak. Sugʻurta badallarini naqd yoki naqdsiz toʻlash mumkin.

Chet elda ishlayotgan fuqaroning mehnat daftarchasi uning doimiy yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida saqlanadi va yuritiladi. Pensiya jamgʻarmasiga — badal kiritilgan davrgina mehnat stajiga qoʻshiladi. Shunday qilib, fuqarolar agentlik orqali qaysiki mamlakatda ishlamasin, mehnat staji toʻplaydi, sugʻurta badallarini toʻlaydi hamda qariganda oʻzi uchun munosib pensiyani kafolatlaydi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular