Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi xizmat pullik bo‘ladi, to‘lov milliy va xorijiy valyutalarda qabul qilinadi

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkentning biryo‘la uch oliy o‘quv dargohi O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiyada ishlashga ruxsatnoma olish uchun imtihon qabul qilaboshlaydi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyati filiali diretori Xafizov Abduaziz Dilshodovich.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlarining O‘zbekistonda pensiya olishi qanday amalga oshiriladi?
Imtihonlar topshirish tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi "Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat migratsiyasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihonlar tashkil qilish chora-tadbirlari haqida"gi qarori bilan aniqlik kiritilgan.

Yagona imtihon rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari borasidagi bilimlarni tekshiruvchi savollardan iborat bo‘ladi. Imtihonlar O‘zbekiston Milliy universiteti, I.Karimov nomidagi Toshkent davlati texnika universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida bo‘lib o‘tadi.

Yangi xizmat pullik bo‘ladi, to‘lov milliy va xorijiy valyutalarda qabul qilinadi. Xorijiy valyutada to‘lovlarni qabul qilish uchun markazlar maxsus terminallar bilan jihozlanadi. To‘lovning so‘mdagi qismi imtihon markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar va oliygoh xodimlarini rag‘batlantirishga sarflanadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning nomlari avtomatlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasiga qo‘shiladi. Uni ayni paytda ishlab turgan mehnat migrantlariga oid elektron baza bilan birlashtirish rejalashtirilgan.

Imtihonlar haqida barcha ma’lumotlar (uslubiy qo‘llanmalar, ularning bahosi, o‘tish vaqti va joyi) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy saytida e’lon qilib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0