Novvoy-qandolatchi, texnolog va tikuvchilar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

© Agentstvo vneshney trudovoy migratsiiMoskovskaya oblast priglashayet shvey iz Uzbekistana na rabotu
Moskovskaya oblast priglashayet shvey iz Uzbekistana na rabotu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishga borish istagida bo‘lganlardan rus tilini yaxshi bilish, tartib va intizomga rioya qilish, saranjomlik va zararli odatlardan xoli bo‘lish talab qilinadi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinmoqda, deb e’lon berdi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Rabochie v sexe svarki kuzovov avtosborochnogo predpriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi fuqarolarni Rossiyaga ishga taklif etmoqda

E’longa ko‘ra, novvoy-qandolatchi, texnolog, yuklovchi-upakovkachi, tikuvchi kasblari bo‘yicha erkak va ayollar ishga taklif qilinmoqda.

Ishga borish istagida bo‘lganlardan rus tilini yaxshi bilish, tartib va intizomga rioya qilish, saranjomlik va zararli odatlardan xoli bo‘lish talab qilinadi.

E’londa aytilishicha, turar-joy, ovqatlanish, transport, ish joyiga yetib olish va patent sarf-xarajatlari to‘lanadi.

Agentlik Toshkentda amalga oshiriladigan o‘quv sarf-xarajatlari (yashash bilan birga) 666 000 so‘mni, firma ish kiyimi sarf-xarajatlari — 142 000 so‘mni, tibbiy tekshiruv — 140 300 so‘mni tashkil qilishini ma’lum qilgan.

Batafsil ma’lumotlarni Agentlikning Toshkentdagi +998 71 202 33 44, +998 71 202 33 55, +998 71 202 33 66, +998 71 202 33 88, +998 71 202 33 99 telefon raqamlariga, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0