14:32 23 Oktyabr 2017
Efir
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo

Rossiya hukumati Oʻzbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish haqida bitimni muhokama qiladi

© Sputnik/ Maksim Blinov
Migratsiya
Havola olish
106110

Ushbu bitimda Rossiyada ishga joylashtirish uchun Oʻzbekiston fuqarolarini yuborishdan oldingi tayyorgarlik masalalari aks etgan

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston fuqarolarini tashkiliy jalb etish toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish boʻyicha qonun loyihasi koʻrib chiqiladi.

"Bitim 2017 yil 5 aprel kuni Moskva shahrida imzolangan. Bitim Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida manzilli ishga joylashtirishni taʼminlash va ularni joʻnatishdan oldingi tayyorgarlik masalalarini nazarda tutadi", — deb yozilgan xabarda.

RIA Novosti xabariga koʻra, qonun loyihasi 2017 yil 9 oktyabrda oʻtkazilgan Rossiya Federatsiya hukumat komissiya yigʻilishida koʻrib chiqilib, tasdiqlangan.

Eslatib oʻtamiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining maʼlumotiga koʻra, Bitim imzolanganidan buyon oʻtgan davr mobaynida 600 dan ortiq fuqarolar tashkiliy jalb etish doirasida Rossiya Federatsiyasiga joʻnatilgan. Rossiya IIVning maʼlumotlariga koʻra, hozirda Rossiyada 1,7 million nafar Oʻzbekiston fuqarosi yashamoqda.

Asosiy mavzular