12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Posetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo

Rossiyadagi mehnat migrantlari bepul huquqiy yordam olishlari mumkin

© Sputnik/ Maksim Blinov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
49910

Xizmat rus, ingliz, oʻzbek va tojik tillarida koʻrsatiladi

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiyadagi barcha mehnat migrantlari oʻz huquqlarini himoya qilish uchun bepul yordam olishlari mumkin. Tong Jahoni xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti migrantlar huquqini himoya qilish boʻyicha loyihani yoʻlga qoʻydi.

Loyiha doirasida Rossiya hududidagi barcha chet el fuqarolariga bepul huquqiy yordam beriladi, bepul axborot materiallari tarqatiladi. Xizmat rus, ingliz, oʻzbek va tojik tillarida koʻrsatiladi.

Tashkilot yuristi Botirjon Shermatovning Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, bugungi kunda aksariyat migrantlar oʻz huquq va majburiyatlarini bilmasliklari sababli qiyin vaziyatlarga tushib qolishmoqda.

Turli maʼlumotlarga qaraganda, Rossiya Federatsiyasi hududida ikki millionga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi bor.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular