12:10 18 Dekabr 2017
Efir
Yurist Botirjon Shermatov

Yurist: byurokratiya migrantlarni qonunni buzishga majbur qilmoqda

Foto iz arxiva Botirdjona Shermatova
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
511 0 0

Ekspert Sputnik muxbiri bilan suhbatda migrantlar Rossiyada qanday muammolarga duch kelayotgani va ular huquqiy muammolarini qanday hal qilishlari mumkinligi haqida soʻzlab berdi

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. Hujjatlar bilan muammolar, vijdonsiz ish beruvchilar va shafqatsiz qonunlar – Sputnik muxbirining 12 yildan buyon xorijlik ishchilarga huquqiy yordam koʻrsatib kelayotgan yurist Botirjon Shermatov bilan suhbatida ana shu boshqa muammolar xususida soʻz bordi

— Siz 12 yildan beri migrantlar bilan ishlaysiz, ular asosan qanday muammolarga duch kelishadi?

— Har davrning oʻz muammosi bor – ular muntazam almashib turadi.

2008 yilgacha hujjatlar bilan qiyinchiliklar yoʻq edi — ularni rasmiylashtirish oson edi, kvotalar yoʻq edi. oʻsha paytda menga ish beruvchilar bilan nizolar borasida murojaat qilishmasdi. Koʻpincha militsiya bilan bogʻliq hodisalar boʻlib turardi – ularni toʻxtatib, pul soʻrashardi.

2008 yilgi moliyaviy inqirozdan keyin menga ish beruvchilar bilan bogʻliq muammolar boʻyicha koʻp murojaat qilishmoqda – maosh borasida aldashadi, oyligini berishmaydi.

2009 yildan hujjat rasmiylashtirish borasidagi shikoyatlar qoʻshildi. Ilgari hamma oʻzi mustaqil borib barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkin edi. Endi esa kompaniyalar bir yil oldin kvota uchun buyurtma berishi, ruxsat olishi, shundan keyin odam yollashi mumkin. Yaʼni siz qaysi davlatdan nechta fuqaro qanday mutaxassisliklar boʻyicha kerakligini bilishingiz shart. Lekin bu biznes, hamma narsa tezda oʻzgarib ketishi mumkin – bugun sizga 30 kishi kerak, ertaga esa 50 kishi kerak boʻlishi mumkin.

Buning ustiga, ishchining mamlakatini ham koʻrsatish talaba qilinadi – masalan siz tojikistonlik ishchilarni ishga olmoqchisiz, ular oʻrniga Armaniston yoki Qirgʻizistondan malakali ishchilar paydo boʻlishi mumkin.

Bu juda murakkab vaziyat, shuning uchun vositachi kompaniyalar yuzaga keldi. Ular kvotalarni ommaviy ravishda rasmiylashtirib olishdi, soʻng ishchilarga muhtoj kompaniyalarga sotishdi. Migrantlar qonuniylikdan manffatdorliklari uchun bu kompaniyalarga borishdi.

Bu holat mehnat patentlari paydo boʻlguniga qadar davom etdi.

Lekin muammo shundaki, har safar yangi qonun qabul qilinganida amaldorlar Rossiyada nechta mehnat migranti borligini hisobga olishmaydi va har safar qonun kuchga kirganidan keyin davlat organlari barchaning hujjatini zudlik bilan qayta rasmiylashtirishga imkoni ketmaydi.

Masalan, Saxarovoda markaz qurildi va patentlarni Moskvada uzaytirish yoki rasmiylashtirish imkoniyati yoʻq qilindi.

Moskvada ishlayotganlar zudlik bilan hujjatlarini qayta rasmiylashtirishi kerak edi – ulkan navbatlar paydo boʻldi – u yerda hatto Tojikiston fuqarosi vafot ham etdi.

Bunday qilishning nima keragi bor edi? Axir odamlar hujjatlarini rasmiylashtiradi-ku. Bu xuddi yangi pasport olish kabi – hech kim pasportini bir vaqtning oʻzida almashtirmaydi, bu jarayon bir necha yilga choʻziladi. Amaldorlar birdaniga 145 million kishi pasport almashtirgani borsa nima boʻlishini bilishadi. Rossiyada 10 million mehnat migranti borligini esa ular hali tushunib yetishmadi menimcha.

Roʻyxatga oluvchi organlar ishida ham muammolar bor. Misol uchun, hozirda hujjatlarni migratsiya organlariga pochta orqali joʻnatish mumkin. Lekin muammo shundaki, xodimlarning vaqti yoʻqmi yoki xohlashmaydimi – joʻnatgan odamning oʻzi kelib uning maʼlumotlarini bazaga kiritishni soʻramagunicha pochta orqali kelgan hujjatlarni koʻrishmaydi.

Bu jarayonni onlayn amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish orqali soddalashtirish mumkin. Lekin bunday imkoniyat yoʻq. Mana, soliq tizimini olaylik, barcha jarayonlar sayt orqali bajariladi. Davlatga hujjatlar tizimini soddalashtirish foydali – korruptsiya uchun kamroq imkoniyat yaratiladi. Ammo bu heqda hech kim oʻylamayapti.

— Nima uchun migrantlar vositachi kompaniyalarga murojaat qilishadi?

— Bu koʻpincha roʻyxatga olish va ishga qabul qilish tartibining murakkabligi bilan bogʻliq, migratsion roʻyxat bilan bogʻliq muammolar ham yetarlicha. Masalan, xorijlik fuqaro yetti ish kuni ichida roʻyxatga turishi shart, lekin oʻzi mustaqil ravishda roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yoʻq. Bu bilan taklif qilgan tomon shugʻullanishi kerak, odamlarning esa bunga vaqti yoʻq.

Ish beruvchi ham bu bilan shugʻullanishni istamaydi va ishchiga muammoni oʻzi hal qilishi kerakligini aytadi. Va odamlar vositachilarga murojaat qilishiga toʻgʻri keladi. Zero patent va registratsiyani har oyda uzaytirish zarur.

Kompaniyalar qonun talablariga rioya qilishlari uchun kadrlar boʻlimiga har kuni ishchilarning qaysi birining patent muddati oʻtib ketganini, qaysi birining roʻyxat muddati tugaganini tekshirib oʻtiradigan maxsus xodim olishlari kerak boʻladi va muddati bir kun oʻtib ketgan xodimni ham ishdan boʻshatishlari lozim boʻladi – aks holda bir million rub jarima toʻlashga toʻgʻri keladi.

Ishchi vositachilarga murojaat qilishga majbur boʻladi. Migratsiya masalasi muhokama qilinayotganda hech kim ish beruvchilarga murojaat qilmaydi, ularning muammolari haqida hech kim bilmaydi. Shunday ekan, ishchilarni rasmiylashtirish juda murakkab – jarima toʻlash ehtimoli, hujjatlar bilan boʻladigan doimiy boshogʻriqlar.

Davlat qonun buzilishlarga qarshi qonunchilikni kuchaytirish orqali kurashishga urinmoqda va bu muammoni yanada chuqurlashtirmoqda.

— Sizni odamlar qanday topishadi?

Dastlab yurist yordamchisi boʻlib ish boshlaganimda asosan tanishlar orqali kelishardi.

Vaqt oʻtgach, ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta guruhlar tashkil qildik, 2015 yilda "Migrant" ilovasini ishga tushirdik. Ilova oddiy boʻlib, uchta tilda ishlaydi. U orqali FMX saytiga kirib kerakli maʼlumotlarni olish mumkin.

— Ilova yaratish fikri qanday paydo boʻldi?

— Buning tarixi uzun va qanchalar gʻalati tuyulmasin, taksilar bilan bogʻliq.

Ilgari ilovalarga qiziqmasdim va ijtimoiy tarmoqlarda ham oʻtirmasdim, endi bilsam, bekor qilgan ekanman.

Oʻsha paytlarda bizga taksichilar maslahat soʻrab tez-tez murojaat qilishardi.

Noqonuniy taksichilar juda koʻp boʻlib, na davlat, na shahar hukumati bu muammoni yecha oldi. Keyin onlayn buyurtmalar uchun ilovalar paydo boʻldi va tez orada koʻplab taksichilar oʻsha ilovalar orqali ishlay boshlashdi.

Shundan soʻng biz ham oddiy va tushunarli ilova yaratish qaroriga keldik.

— Kelgusida ilovani yanada rivojlantirish yoki migrantlar uchun muloqot qiladigan turli dasturlar yaratish rejasi bormi?

— Ilovani ishga tushirganimizdan keyin uni takomillashtirish ishlari toʻxtab qoldi – vaqtimiz yetishmayapti. Hozirda asosan ijtimoiy tarmoqlar bilan shugʻullanyapmiz. migrant.mobi saytini yuritamiz — maqolalar, videolavhalar joylaymiz.

Hozirda ilovani sayt bilan birlashtirmoqchimiz, yangi foydali qoʻshimchalar kiritmoqchimiz.

Ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan kengroq foydalanish ustida bosh qotiryapmiz. Odamlar ish, yashashga joy qidirishadi. Ularga shu yoʻnalishda yordam berishni koʻzlamoqdamiz. Umid qilamanki, bu koʻpchilikka yengillik yaratadi va paydo boʻlgan muammolarini tezroq hal qilishlariga yordam beradi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular