12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti

Sobyanin mehnat migrantlari uchun patent toʻlov miqdorini koʻpaytirishni taklif qildi

© Sputnik/ Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
105003

Moskva meri shaharga migrantlar oqimini kamaytirish maqsadida patent uchun toʻlovni oshirishni taklif qildi. Hozirgi kunda patentning narxi har oyda 4200 rublni tashkil qiladi

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobyanin Moskvaga migrantlar oqimini kamaytirish maqsadida patent uchun toʻlovni oshirishni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Albatta, biz shaharda migrantlar soni eng maqbul darajada boʻlishi uchun ishlashimiz kerak. Shuning uchun biz patent tizimini joriy etdik va bugungi kunda migrantlar neft kompaniyalarga qaraganda koʻproq byudjetga pul toʻlaydilar. Bu yana bir daromad manbaidir. Men oʻylaymanki, migrantlarning toʻlovi bizning moskvalik ishchilar toʻlovlariga miqdor jihatdan mos boʻlishi uchun shu yilda migrantlar uchun patent toʻlovini oshirish mumkin", — deb taʼkidladi Sobyanin Moskva shahar dumasida yillik hisobotida.

Bugungi kunda mehnat migrantlari uchun patent toʻlovi har oyida 4200 rublni tashkil qiladi.

Moskva meri toʻlovni qancha miqdorga oshirish zarurligini aytib oʻtmadi. Bugungi kunda 20 ming moskvalik ishchilarga ishga qabul qilish boʻyicha 170 ming ish oʻrinlar taklif qilingan.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular