12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo

Moskvada noqonuniy mehnat migrantlari soni kamaymoqda

© Sputnik/ Denis Grishkin
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
43210

2017 yil yanvar-sentyabr oylari mobaynida koʻp tarmoqli migratsiya markazi tomonidan 323 ming dona patent berilgan. Bu 2016 shu davr mobaynidagi koʻrsatkichdan 10 foiz koʻpdir.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Moskvada mehnat migrantlari qonuniy yoʻl bilan patent olish va ishga kirishga koʻproq harakat qilishmoqda. Bu holatlar Saxarovo qishlogʻidagi koʻp tarmoqli migratsiya markazi joriy yil 9 oyida amalga oshirilgan hisobotida qayd etilgan.

2017 yil yanvar-sentyabr mobaynida koʻp tarmoqli migratsiya markazi 323 ming dona patent berilgan. Bu 2016 shu davr mobaynidagi koʻrsatkichdan 10 foiz koʻpdir. Patent uchun toʻlovlar miqdori 2016 yil 9 oyidagi koʻrsatkich bilan solishtirilganda 9 foizga ortgan va 11,3 mlrd rublni tashkil qildi.

"Poytaxtda noqonuniy mehnat migrantlari soni qisqarmoqda. Patent rasmiylashtirishning nihoyatda oddiy va shaffof tartibi oʻrtadagi vositachilarni toʻliq yoʻqotdi va horijiy fuqarolarning qonuniy faoliyat yuritishga bosh omil boʻldi. Shahar maʼmuriyati tomonidan boʻlgʻusi migrantlarga Moskvada qonuniy ravishda ishga joylashish afzalliklari toʻgʻrisida faol ravishda targʻibot qilinadi. Bu oʻz navbatida shaharda noqonuniy ishlagan fuqarolarni qonuniy ishlashga yordam bermoqda", — deb taʼkidladi koʻp tarmoqli migratsiya markazi bosh direktori Nikolay Fedoseyev.

Bundan avval Moskva meri Sergey Sobyanin mehnat migrantlari uchun patent toʻlov miqdorini koʻpaytirishni taklif qildi. Ammo Sobyanin toʻlovni qancha miqdorga oshirish zarurligini aytib oʻtmadi.

Bugungi kunda mehnat migrantlari uchun patent toʻlovi har oyida 4200 rublni tashkil qiladi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular