12:12 18 Dekabr 2017
Efir
Patriarx Kirill: rad voochiyu uvidet posledniye dostijeniya Uzbekistana

Patriarx Kirill: Moskva mehnat migrantlariga muhtoj

© Sputnik. /Ramiz Baxtiyarov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
412 0 0

Patriarx Rossiya poytaxtidagi uylar, yoʻllar aynan gastarbayterlar tufayli qurilayotganligini taʼkidladi

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Moskva va butun Rus patriarxi Kirill umumcherkov yigʻilishida Rossiya pravoslav cherkovi Moskvaga mehnat migrantlarining kelishlariga toʻgʻri yondashishini bildirdi.

"Mamlakatimizda mutaxassislar, jamoatchilik orasida demografik mavzu tez-tez koʻtarilmoqda. Rossiyaning hududi katta, uni oʻzlashtirish, ishlash kerak, ishchi kuchi esa yetishmaydi", — dedi u.

Patriarx Moskvada obodonlashtirish dasturi olib borilayotganligi, uylar, yoʻllar qurilayotganligini aytarkan, bularning barchasini Moskva shahri aholisi qurmayotganligini taʼkidladi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

"Ular pravoslavlar emas. Lekin biz ularga tushunish bilan yondashamiz, chunki biz gastarbayterlar deb ataydigan bu insonlarsiz bu ishlarni amalga oshirib boʻlmaydi", — dedi u.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular