06:48 24 Noyabr 2017
Efir
Zaderjannыe migrantы vo vremya reyda politsii

Kolokoltsev: 20 mingga yaqin noqonuniy muhojirlar Rossiya hududidan chiqarib yuborildi

Sputnik / Andrey Stenin
Migratsiya
Havola olish
169411

Rossiya IIV rahbari shu yilda Rossiya hududida boʻlishi maqsadga muvofiq boʻlmagan sal kam 4 ming fuqarolarning davlat chegarasidan kirishi taqiqlanganligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev "2017-Nolegal" operatsiyasini amalga oshirilishi natijasida sal kam 20 ming muhojirlar Rossiya hududidan chiqarib yuboriligini aytib oʻtdi.

Bundan tashqari, IIV xodimlari 2017 yil aprel-may oylari davomida qurilish maydonlari, bozorlar va korxona hududlarida oʻtkazilgan tekshiruvlar oqibatida 10 ta terrorchilik guruhlari aniqlandi.

"2017 yil aprel-may oylari davomida 170 ming ta muhojirlar vaqtinchalik yashaydigan obʼyektlar, sal kam 100 ming ta qurilish maydon, bozor va korxona hududlarda maxsus tekshiruvlar oʻtkazildi", — deb taʼkidladi Kolokoltsev.

Rossiya IIV rahbari shu yilda Rossiya hududida boʻlishi maqsadga muvofiq boʻlmagan sal kam 4 ming fuqarolarning davlat chegarasidan kirishi taqiqlanganligini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular