03:30 21 Yanvar 2018
Efir
Rabota za kompyuterom

Rostrud oʻzbekistonliklar uchun Rossiyadagi vakansiyalar haqida maʼlumot joylashtiradi

© pixabay
Migratsiya
Havola olish
69020

Oʻzbekiston fuqarolari shaxsiy kabinet orqali rezyumelarini joylashtirishi, ish beruvchilar roʻyxati bilan tanishishi mumkin

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. "Rabota v Rossii" portalida Oʻzbekiston fuqarolari uchun boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar joylashtirib boriladi.

Fuqarolarni ishga tashkiliy jalb etish doirasida Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining shaxsiy kabineti yaratiladi. Oʻzbekiston fuqarolari shaxsiy kabinet orqali rezyumelarini joylashtirishi, ish beruvchilar roʻyxati bilan tanishishi, mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari haqida xabar qilishlari mumkin.

Samarqandda Rossiyada ishlashni istaydigan fuqarolar uchun ketishdan oldin tayyorgarlik markazi ochildi, deb xabar bermoqda Rostrud matbuot xizmati. Rostrudning aholi bandligi, ijtimoiy himoya va davlat kafolatlari loyihalarini tartibga solish, nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi Dmitriy Frantsev Rossiya hududida mehnat qilish uchun oʻzbekistonliklarni ishga tashkiliy jalb etish haqida kelishuv imzolanganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular