12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Inostrannыe rabochiye

Sobyanin Moskva migrantlar patentidan qancha daromad qilganini aytdi

© Sputnik/ Vitaliy Ankov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
167610

Migrantlar patent toʻlovlari "Rosneft" kompaniyasidan koʻproq Moskvaga mablagʻ keltirdi - dedi Moskva meri Sergey Sobyanin

TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. 2017 yilda Moskva mehnat qilayotgan migrantlar patent uchun shahar byudjetiga 14 milliard rubl mablagʻ oʻtkazib berilgan. Ushbu raqamlarni Moskva meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.

"Oʻylaymanki, shu yil oʻzida 14 milliard rubl toʻplaymiz", — degan Sobyanin "Govorit Moskva" radio efir chogʻida.

"Kelgusi yilda, patent toʻlovi oshirilganda, biz 15-16 milliard rubl pul toʻplaymiz", — deb qoʻshimcha qildi Moskva meri.

Sobyanin Moskvada migrantlarga ehtiyoj borligini maʼlum qildi. Boʻsh oʻrin soni 2,5 milliondan ortiqdir.

Bundan avval, Moskvada patent tayyor boʻlganligini robot tizimi maʼlum qilishi joriy etilgandi.

Robot bir oyda 30 mingdan ortiq qoʻngʻiroqlarni qabul qildi. Patentni tayyor boʻlganligini aniqlash uchun virtual operatorga topshirilgan arizaning raqamini aytish kerak. Shundan keyin robot hujjat qaysi bosqichida ekanligini aytadi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular