03:37 21 Yanvar 2018
Efir
Migrantы vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya

Koreyada ishlashni istaydiganlar uchun koreys tilini oʻrgatish markazi ochiladi

© Sputnik/ Aleksandr Pogotov
Migratsiya
Havola olish
41020

2018 yil va istiqboldagi yillarda oʻqitilayotgan fuqarolar sonini ming nafarga koʻpaytirish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Koreya personalni rivojlantirish instituti oʻrtasida memorandum imzolandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Kadrlarni tayyorlash va bandlik darajasini qoʻllab-quvvatlash dasturi ilovasi bilan oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.Asamov va Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se imzoladi.

Xabarga koʻra, ushbu memorandumni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekistonda 2018 yilning birinchi yarim yilligida hukumat qarori asosida taqdim etilayotgan "Dalvarzin" maishiy xizmat koʻrsatish kolleji bazasida ishlashga ruxsatnoma olish uchun Oʻzbekiston fuqarolariga koreys tilini oʻrgatish markazini ochish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Ayni paytda, Koreya tomonidan hamkorlikda tashkil etilayotgan markazni zarur uskunalar bilan jihozlash hamda 2018 yil va istiqboldagi yillarda oʻqitilayotgan fuqarolar sonini ming nafarga koʻpaytirish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular