12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Passajirы poyezda Tashkent - Moskva, pribыvshego na Kazanskiy vokzal, na platforme

Oʻzbekiston fuqarolari - qonunga itoatkor migrantlar

© Sputnik/ Ilya Pitalev
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
97130

Ushbu raqam qariyb 1 million kishini tashkil qiladi. Oʻzbekiston fuqarolarining koʻpchiligi Rossiyada qonuniy ishlash uchun keladi

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiyadagi migrantlarning 10 foizini Oʻzbekiston fuqarolari tashkil qiladi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Zubovga tayangan holda RIA Novosti xabar qildi.

"Rossiyadagi migrantlarning 10 foizini Oʻzbekiston fuqarolari tashkil qiladi. Ushbu raqam qariyb 1 million kishini tashkil qiladi. Ularning koʻpchiligi Rossiyada qonuniy mehnat faoliyati bilan shugʻullanib keladi", — deya taʼkidladi Zubov.

Bu raqamlarni IIV vazir oʻrinbosari Federatsiya kengashi koʻmita yigʻilishida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish toʻgʻrisida bitimni ratifikatsiya qilish boʻyicha qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida aytib oʻtgandi.

Uning maʼlumotlariga koʻra, shu yilda xorijiy fuqarolarga berilgan patentlarning qariyb 50 foizi (765,8 ming patent) Oʻzbekiston fuqarolariga rasmiylashtirilgan. "Ushbu raqamlar Oʻzbekiston fuqarolari qanchalik qonunga itoatkor ekanligini koʻrsatadi", — dedi vazir oʻrinbosari.

Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston bilan qabul qilingan bitim ushbu jarayonlarni yanada tartibga solib, Rossiyada ishchi kuchiga ehtiyoj boʻlgan tarmoqlarga xodimlarni joʻnatish imkoniyat beradi. Shuningdek, bitim Oʻzbekiston fuqarolarini haq-huquqlarini himoya qilib, ishlash uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlaydi.

"Ushbu bitim kelgusida Rossiyada boʻlish qoidalarini buzish va noqonuniy mehnat migratsiyasi holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi", — dedi Zubov.

Zubovning soʻzlariga qaraganda, bitim Oʻzbekistonda vakolatxonalar ochilib, ularda mehnat migrantlari ishga joylashtirish uchun zaruriy tadbirlar amalga oshiriladi. Shundan keyin fuqarolar aniq ish joyiga Rossiyaga kelishadi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular