12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Inostrannыe rabochiye

Oʻzbekistonda mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash fondi tashkil etilishi mumkin

© Sputnik/ Vitaliy Ankov
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
259 0 0

Fond faoliyati asosan respublika fuqarolarining xorijda ishga joylashishlariga koʻmaklashish hamda ularga huquqiy, ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatishdan iborat boʻladi

TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda mehnat migrantlarini huquqiy, ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fond tashkil etilishi mumkin, deb xabar bermoqda Podrobno.uz. Xabarda aytilishicha, uni tashkil etish zaruriyati "Tashqi mehnat migratsiyasi haqida"gi qonun loyihasida koʻrsatilgan.

Hujjatga muvofiq, fond faoliyati asosan respublika fuqarolarining xorijda ishga joylashishlariga koʻmaklashish hamda ularga huquqiy, ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatishdan iborat boʻladi.

Qonun loyihasida fond tomonidan koʻp funktsiyali migratsion xizmat markazlarini moliyalashtirish hamda band boʻlmagan aholini ish bilan taʼminlash ehtimoli koʻrsatib oʻtilgan.

Ilgariroq Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamgʻarmasi tashkil etilgandi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular