12:11 18 Dekabr 2017
Efir
Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye

Migrantlarni roʻyxatga olish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi

© Sputnik/ Aleksey Kudenko
Migratsiya
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
939 0 0

Deputat Irina Yarovaya migrantlarni qabul qilib roʻyxatga qoʻyayotgan Rossiya fuqarolariga ularni roʻyxatdan chiqarish imkonini ham berishni taklif qildi.

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri migrantlarni roʻyxatga olish haqidagi qonun loyihasiga ikkita muhim oʻzgarish kiritishni taklif qildi.

Xususan, "qabul qiluvchi tomon" iborasiga aniqlik kiritish hamda "qabul qiluvchi tomon"ga migrantlarni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish huquqi berish, haqida.

"Hozirgi qonunga koʻra, migrantlarni Rossiyada "qabul qiluvchi tomon", bu ularga ish beruvchi yuridik shaxs ham ularni oʻz uyiga roʻyxatga qoʻyuvchi jismoniy shaxs ham boʻlishi mumkin. Migrantlarni oʻz uyiga roʻyxatga qoʻygan fuqaro ularni roʻyxatdan chiqarish huquqiga ega emas. Bu baʼzi hollarda tushunmovchilikka olib kelmoqda", — dedi Yarovaya.

Yarovaya "qabul qiliuvchi tomon" arizasiga koʻra migrantlarni roʻyxatdan  chiqarishni taklif qilmoqda. Deputat fikriga koʻra, bu chet el fuqarolarini, qonuniy asossiz, Rossiya hududida qolish imkonidan mahrum qiladi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu qonun loyihasi Rossiya IIV, Rossiya hududlari va Dumaning millatlar qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular