03:33 21 Yanvar 2018
Efir
Prezident RF V. Putin

Putin oʻzbekistonlik migrantlarga nafaqa olish huquqini beruvchi qonunni imzoladi

© Sputnik/ Mixail Klimentyev
Migratsiya
Havola olish
131340

Ushbu qonunga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari oʻz mamlakatida aniq mutaxassilik boʻyicha tayyorlanib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib Rossiyaga ishga yuboriladi. Rossiyada esa ularning mehnat, dam olish va ijtimoiy huquqlari kafotlatlanadi.

TOSHKENT, 5 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston bilan  mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash haqidagi shartnomani ratifikatsiya qiluvchi FZ-366 sonli qonunni imzoladi, deyilgan prezident rasmiy portalida.

Ushbu Federal qonun Oʻzbekiston va Rossiya orasida 2017 yilning 5 aprelida Moskvada imzolangan shartnomaga asoslangan boʻlib, Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash, ularning immigratsiyadan oldin tayyorlash va tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni nazarda tutadi.

Yangi qonunga koʻra, mehnat migrantlariga Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyati davomida, bir qator huquqlar kafolatlanadi. Ular orasida Rossiya qonunlariga koʻra mehnat qilish, dam olish, tibbiy sugʻurta, ijtimoiy huquqlar va nafaqa olish huquqi bor.

Undan tashqari, qonunda ish beruvchi mehnat migrantlariga eng kam ish haqqidan kam boʻlmagan miqdorda maosh toʻlashi, turar joy bilan taʼminlashi, alohida hollarda kelish-ketish xarajatlarini qoplashi ham nazarda tutilgan.

Qonunga koʻra, ish beruvchi mehnat migranti bilan imzolangan shartnomaning bekor qilinishi haqida Rossiyaning taaluqli organlari hamda Oʻzbekiston Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligiga xabar berishi kerak.

Asosiy mavzular