03:37 21 Yanvar 2018
Efir
Poluchit patent v Mnogofunktsionalnom Migratsionnom Tsentre Moskvы v Saxarovo (russkiy yazыk)

Xakasiyada mehnat patentlarining 80%ini oʻzbekistonliklar oldi

© Youtube/ Ofitsialnыy kanal MMTS
Migratsiya
Havola olish
58530

Dekabr boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi

TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Xakasiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan patentlarning deyarli 80%ini oʻzbekistonliklar olishdi. Bu haqda Rossiya Mehnat vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Shundan kelib chiqib, idora A.Hamroqulov nomidagi “Soʻgʻdiyona” tojik va oʻzbek madaniyat markazi hududiy jamoat tashkiloti bilan hamkorlik oʻrnatishga qaror qildi.

Vazirlik "Sootechestvenniki" (Vatandoshlar) dasturi doirasida yordam beradi.

Dekabr boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada manzilli ishga joylashtirishni taʼminlashga qaratilgan va fuqarolarni Rossiyaga ishga kelgunga qadar tayyorgarlikdan oʻtkazishni koʻzda tutadi.

Asosiy mavzular