03:40 21 Yanvar 2018
Efir
Zdaniye MVD RF

Oʻzbekistonda Rossiya IIV vakolatxonasi ochildi

© Sputnik/ Vladimir Astapkovich
Migratsiya
Havola olish
548 0 0

21 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirdi

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya sohasidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonda vakolatxonasini ochdi, deb maʼlum qildi Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov.

"Toshkentda Rossiya IIV vakolatxonasi ochildi. Bu oʻzaro hamkorligimizni amalga oshirishdagi muhim qadamdir. Tez orada Rossiyada bizning vakolatxonamiz ochilishiga umid qilamiz", dedi Muhitdinov Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Rostrud delegatsiyasi bilan uchrashuvda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Eslatib oʻtamiz, 21 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirdi. Mazkur Bitim Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5 aprelda Rossiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi chogʻida imzolangan.

Mazkur hujjat Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish boʻyicha tomonlar hamkorligining tartibi va shartlarini belgilab beradi.

Asosiy mavzular