O‘zbekistonlik migrantlar ruxsatnomasiz chet elga ketishlari mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva
Inostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan qabul qilingan 2018-yilgi Davlat dasturida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini bekor qilish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan qabul qilingan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturiga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish va tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish belgilangan.

Passajir derjit posadochnie taloni na samolet kompanii Air Berlin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avia va temir yo‘l chiptalari arzonlashadi
Ushbu normativ-huquqiy hujjat loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar tomonidan 2018-yil 1-may sanasigacha bajarilishi rejalashtirilgan.

Loyihada: rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish;

xorijiy davlatlar bilan uzoq va o‘rta muddatli tegishli bitimlar tuzish;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini bekor qilish;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik xizmatlarining xorijda ishlayotgan fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lishining zamonaviy shakllarini joriy etish nazarda tutiladi.

Yangiliklar lentasi
0