Mirzabek Xolmedov Prezidentga shifo tilab duo qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik mashhur san’atkorlar, sportchilar ham Prezidentni qo‘llab-quvvatlab o‘z dil izhorlarini bayon etishdi.

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning shifoxonaga tushib qolishi butun o‘zbek xalqini tashvishga, hayajonga soldi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovga tilak: Yurtboshimiz to‘rt muchasin but qil yana!
Prezidentning betobligi haqida xabar e’lon qilinganidanoq Yurtboshimizning tezroq tuzalib ketishini tilab ko‘plab fuqarolar o‘z maktublarini, tilaklarini ijtimoiy tarmoqlarda chop etishdi, ana shunday tilaklar bitilgan maktublarni  Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga ham yo‘llashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik mashhur san’atkorlar, sportchilar ham Prezidentni qo‘llab-quvvatlab o‘z dil izhorlarini bayon etishdi.

Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva otasini qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Bugun internetda o‘zbekistonlik taniqli san’atkor, aktor va qiziqchi Mirzabek Xolmedovning Prezident Islom Karimovga shifo tilab so‘ragan duosi tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu videoni quyida ko‘rishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0