06:42 20 Oktyabr 2017
Efir
Sevara Nazarxon, arxiv surat

Sevara Nazarxon Tu-154 yoʻlovchilari xotirasi uchun qoʻshiq kuyladi

© Novosti Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
46721

Sevara Nazarxon "Tam net menya" qoʻshigʻini Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansamblining maktab-studiyasiga qatnovchi bolalar bilan birga kuyladi

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Sevara Nazarxon Qora dengizga qulagan Tu-154 yoʻlovchilari xotirasi uchun qoʻshiq kuyladi, deb xabar qilgan Novosti Uzbekistana nashri.

Xabarda taʼkidlanishicha, Sevara Nazarxon Rossiyaning "NTV" telekanalidagi "Tsentralnoye televideniye" ("Markaziy televideniye") koʻrsatuvida chiqish qilib, dekabr oyi oxirida Qora dengizga qulagan Rossiyaning Tu-154 samolyoti yoʻlovchilari xotirasi uchun qoʻshiq kuylagan.

Sevara Nazarxon "Tam net menya" qoʻshigʻini Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansamblining maktab-studiyasiga qatnovchi bolalar bilan birga kuyladi.

Qoʻshiq videosi "NTV"ning Facebookdagi sahifasida eʼlon qilingan: videoga 10 ming martadan koʻproq layk qoʻyilgan va munosabat bildirilgan, 7 ming martadan ortiq ulashilgan, 500 ga yaqin kommentariylar qoldirilgan. Aksariyat foydalanuvchilar qoʻshiq uchun Sevara Nazarxonga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yil 25 dekabr kuni Sochi shahridan koʻtarilgan Tu-154 samolyoti havoga koʻtarilganidan 70 soniya oʻtib Qora dengizga qulagan edi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida boʻlgan 92 kishining barchasi halok boʻlgan.
Yoʻlovchilarning aksariyati Rossiya armiyasining Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli aʼzolari edi. Ular rossiyalik harbiylarga Yangi yil kontserti taqdim etish uchun Suriyaga uchib ketayotgan edi.

Teglar:
Qora dengiz, Tu-154

Asosiy mavzular