Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali ravishda topshirildi

© toshkent.uzIkkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali topshirilmoqda
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali topshirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Prezident Farmoniga asosan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilish istagini bildirgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli avtomobillar tantanali ravishda topshirilib kelinmoqda

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmonida 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarini rag‘batlantirish maqsadida "GM Uzbekistan" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan yengil avtomobillarni bir martalik navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish hamda xarid qilingan avtomobillarga birinchi va ikkinchi texnik xizmatni bepul ko‘rsatish bo‘yicha muddatli imtiyozlar berish belgilangan.

Suratda 1925-yilda tug‘ilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anvar Hakimov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada veteranlarga navbatsiz mashina xarid qilish sertifikatlari topshirildi
Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, bir necha kun avval Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan 300 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari bo‘lgan faxriylarga yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilishga oid sertifikatlar tantanali ravishda topshirilgan.

Shu kunlarda esa Prezident Farmoniga asosan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilish istagini bildirgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli avtomobillar tantanali ravishda topshirilib kelinmoqda.

© toshkent.uzVruchenie klyuchey ot mashini veteranu
Vruchenie klyuchey ot mashini veteranu - Sputnik O‘zbekiston
Vruchenie klyuchey ot mashini veteranu

Xabarda Uchtepa tumanida istiqomat qilib kelayotgan 94 yoshli Hikmat ota Ubaydullayevga "Damas", Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 98 yoshli Kamol ota Turopovga "Lasseti", Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi 92 yoshli Nazar Stepanovich Nazaryanga "Lasseti", Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 93 yoshli Abduvohid ota To‘laganovga "Damas" rusumli yengil avtomobillar tantanali ravishda topshirilgani aytilgan.

© toshkent.uzPozdravlenie veterana
Pozdravlenie veterana - Sputnik O‘zbekiston
Pozdravlenie veterana

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda respublikada 1542 nafar urush faxriysi yashab kelmoqda. Prezident qaroriga muvofiq ularning har biriga 2 mln so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari hokimlar, keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0