AKT vazirligi va Belarus Yuqori texnologiyalar parki o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

© MininfokomO‘zbekistan-Belorussiya IT
O‘zbekistan-Belorussiya IT - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hamkorlikdan maqsad yangi va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik munosabatlarini kengaytirishdir

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 18-19 aprel kunlari Belarusiya Respublikasining Minsk shahrida Aloqa sohasida hududiy hamdustlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi aloqa boshqaruvi rahbarlari Kengashining 52-majlisi hamda MDH davlatlarida axborotlashtirishni muvofiqlashtiruvchi Kengashning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining Belarusiya Respublikasidagi tashrifi mobaynida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Belarusiyaning Yuqori texnologiyalar parkining Ta’limiy markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Belarusiya Respublikasining Yuqori texnologiyalar parki o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.

Tomonlar yangi va yuqori texnologiyalar sohasida, jumladan dasturiy ta’minot hamda axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari parklari faoliyatining huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan tajriba almashish, shuningdek AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ikkala tomon uchun manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olganlar.

Mazkur yig‘ilishda Aloqa sohasida hududiy hamkorlik tashkilotinig to‘la huquqli a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutasaddilaridan iborat delegatsiya bilan birga, Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmanistonning vakillari hamda kuzatuvchi sifatida Latviya Respublikasi, "Intersputnik" xalqaro tashkiloti vakillari, boshqa xalqaro muassasalar, aloqa operatorlari va o‘quv muassasalari mutaxassislari ishtirok etmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida "O‘zbektelekom" AK, Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari ham bor.

Yig‘ilishda Sherzod Shermatov ishtirokchilar diqqatini O‘zbekistonda AKTni rivojlantirish hamda "elektron hukumat"ni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarga bag‘ishlangan taqdimotga qaratgan.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0