Samaraga qo‘shimcha reyslar kiritildi

© Commons.wikimedia"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 2-iyulidan boshlab yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shimcha reys joriy etiladi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari MAK Samaraga qo‘shimcha parvozlar kiritilayotgani haqida xabar berdi.

"Joriy yilning 2-iyulidan boshlab yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shimcha reys joriy etiladi. Parvozlar Milliy aviakompaniyaning A320 laynerlarida 2, 26, 30-iyul kunlari va 27-avgust kuni amalga oshiriladi", — deyilgan xabarda.

Harakat vaqti: (soatlar mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan)

NY 653 Toshkent – 09:10  Samara – 11:30

NY 654 Samara —  13.30   Toshkent  — 17.35

Bizning o‘zbekcha Telegram kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0