05:17 25 Noyabr 2017
Efir
Oʻzbekiston militsiya xodimlari ish vaqtida, arxiv surat

Samarqandning Jomboy tumanida firibgarlik jinoyati oshgan

Stringer
Yangiliklar
Havola olish
360 0 0

Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish boʻyicha Samarqand viloyati hududiy komissiyasi 10 kun davomida Jomboy tumanida IIB faoliyatini oʻrgandi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Camarqand viloyati Jomboy tumanida 2017 yilning oʻtgan uch oyi davomida 58 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, jinoyatchilik oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 taga kamaygan. Biroq jinoyatlarning firibgarlik, giyohvandlik, odam oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl-transport hodisasi bilan bogʻliq turlari oshgan.

Bu haqda 17 aprel kuni xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida xabar qilingan, deb yozdi "Zarafshon" nashri.

Taʼkidlanishicha, tumandagi mahallalarning 18 tasida jinoyatlar sodir etilgan.

Ayrim profilaktika inspektorlarining malakasizligi, oʻzining bilim va koʻnikmalarini hamda amaliy tajribasini oshirishga istagi va intilishi yoʻqligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida davlat va nodavlat idoralari bilan oʻzaro hamkorlik qilmaganligi, shuningdek, qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganligi aniqlangan.

Tumanni oʻrganish jarayonida 329 ta sharʼiy nikohda boʻlgan oilalar aniqlangan va bu oilalarning qonuniy nikohdan oʻtishi hamda farzandlarini tugʻilganlik guvohnomalari bilan toʻliq taʼminlashga erishilgan.

Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlar tushuntirish berishgan.

Asosiy mavzular