21:33 26 Iyul 2017
Efir
Domla zachyotkaga baho qoʻymoqda

Oliy oʻquv yurti oʻqituvchilariga ustama haq toʻlanadi

Sputnik / Vitaliy Ankov
Yangiliklar
Havola olish
23220

Ustama haq oliy oʻquv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib toʻlanadi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston prezidenti Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalq taʼlim vazirligiga uch oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy oʻquv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq toʻlashni belgilash tizimi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasini topshirdi.

Asosiy mavzular