17:12 24 Iyun 2017
Efir
Termiz shahri, arxiv surat

Termizda Toshkentdagi ikkita universitet filiallari tashkil qilinadi

© Behruz Karimov
Yangiliklar
Havola olish
29520

Oʻzbekiston prezidenti oliy taʼlim tizimi boʻyicha yangi qarorni imzoladi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilinadi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 20 aprel kuni eʼlon qilingan "Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida aytib oʻtilgan.

"Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilinsin..
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini toʻliq tashkil qilish, professor-oʻqituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va oʻquv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin", — deyilgan qaror matnida.

Hujjatda, shuningdek, Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini oʻzgartirilishi aytilgan.

Mirziyoyev imzolagan ushbu qaror Oliy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta koʻrish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishiga qaratilgan.

Asosiy mavzular